Delever AloqaVentures va Nexus Angel Club'dan $380 000 investitsiya jalb qildi

Press-reliz: raundga AloqaVentures ($300 000) boshchilik qildi, yana $80 000 ni Nexus Angel Club kiritdi. Mablag'lar mahsulotni rivojlantirish va yangi bozorlarga chiqishga yo'naltiriladi.

Delever jamoasi, AloqaVentures va Nexus Club logotiplari: yangi $380 000 raund

Toshkent, 2026-yil 30-oktabr. Restoran va riteyl uchun buyurtmalar va yetkazib berishni boshqarish B2B SaaS-platformasi Delever $380 000 investitsiya jalb qildi. Raundga AloqaVentures venchur fondi boshchilik qilib, $300 000 kiritdi. Yana $80 000 ni Nexus Angel Club investitsiya qildi.

AloqaVentures uchun bu kompaniyaga takroriy investitsiya: fond Delever'ga ilk bor 2024-yilda sarmoya kiritgan.

Mahsulot haqida

Delever yetkazib berish bilan ishlaydigan biznesga kerak bo'lgan hamma narsani bitta tizimda birlashtiradi: barcha savdo kanallaridan buyurtmalarni qabul qilish, agregatorlar bilan integratsiya, kassalar, yetkazib berish va kuryerlarni boshqarish. Bugun platformadan O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Gruziya, Kipr va BAAdagi 1 400+ muassasa foydalanadi.

Mablag'lar nimaga sarflanadi

Investitsiyalar mahsulotni rivojlantirish, uning imkoniyatlarini kengaytirish va yangi bozorlarga chiqishga yo'naltiriladi.

Iqtiboslar

«Yetkazib berish bilan ishlaydigan restoranga o'nlab tarqoq servislar emas, bitta tizim kerak. AloqaVentures'ning takroriy investitsiyasi biz uchun summadan ham muhimroq: fond kompaniyani ichkaridan ko'rgan va yana sarmoya kiritishga qaror qildi. Bu mablag'larni mahsulot va yangi bozorlardagi o'sishga yo'naltiramiz».

— Faxriddin Yusupov, Delever hammuassisi va CEO

«Biz Delever'ga pre-seed bosqichida $100 000 investitsiya qilganmiz. Jamoa tezda zararsizlik nuqtasiga (break-even) chiqdi va 7 mamlakatda ajoyib o'sishni ko'rsatdi. Endi qo'shimcha (follow-on) investitsiya ajratmoqdamiz — jamoa bu bozorlarni egallash va jadal kengayishni rejalashtirmoqda. Jamoa kuchli: mahsulot qurishni ham, uni sotishni ham biladi. Mahalliy iste'dodlarga yangi bozorlarga chiqishda doim yordam berishdan xursandmiz!»

— Davron Parmonov, AloqaVentures va Nexus Angel Club hamkori

Delever haqida

Delever (delever.io) — yetkazib berish bilan ishlaydigan restoran va riteyl uchun operatsion tizim. Platforma savdo kanallari, buyurtmalar, agregatorlar va yetkazib berishni bitta oynada birlashtiradi. Kompaniya IT Park Uzbekistan rezidenti va Astana Hub ishtirokchisi; Delever Ltd. AIFC'da (Qozog'iston) ro'yxatdan o'tgan.

OAV uchun kontaktlar

Delever, Toshkent, Afrosiyob ko'chasi, 6 Telefon: +998 78 113 98 13 Email: fyusupov@delever.uz Sayt: delever.io

Logotiplar va brend materiallari — Matbuot sahifasida.